9-11 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
07.09.2023
9-11 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 10 sentabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 sentabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°, 10 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30°, 11 sentabrda kechasi 8-13°, kunduzi 19-24° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 sentabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°, 10 sentabrda kechasi 16-21°, kunduzi 34-39°, 11 sentabrda kechasi 16-21°, kunduzi 25-30° bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°, 10 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 32-37°, 11 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 9 sentabrda 32-37°, 10 sentabrda 34-39°, 11 sentabrda 28-33° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°, 10 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°, 11 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 28-33° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 9 sentabrda 19-24°, 10 sentabrda 21-26°, 11 sentabrda 15-20° bo’ladi.