31 AVGUST-2 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

31 AVGUST-2 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

29.08.2023

31 AVGUST-2 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 31 avgust-1 sentabrda 23-28°, 2 sentabrda 25-30° bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 31 avgust-1 sentabrda 25-30°, 2 sentabrda 27-32° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 31 avgustda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 1-2 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi,
ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 28-33° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 31 avgustda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 1-2 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOGLI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, 31 avgustda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 1-2 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 15-20° bo’ladi.