O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 28-31 AVGUST VA 1 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 28-31 AVGUST VA 1 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

28.08.2023

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 28-31 AVGUST VA 1 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

Sinoptiklarning ogohlantirishi asosida, O‘zbekiston hududi bo‘yicha kecha ob-havoning keskin o‘zgarishi kuzatildi.

Respublika bo‘yicha barcha joylarda yomg‘ir yog‘di, ba’zi joylarda momaqaldiroq va shamolning kuchayishi qayd etildi. Kunduzgi harorat 5-10o ga pasaydi.

Ammo yoz hali davom etmoqda. Bugun ertalab respublika hududi bo‘yicha (eng chekka sharqiy hududlardan tashqari) yomg‘ir yog‘ishi to‘xtadi, osmon bulutlardan tozalana boshladi va quyosh nurlari havoni tezda isitdi. Bugun kunduzi harorat 23-28o atrofida bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bugun bulutli ob-havo saqlanib turadi, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi.

Ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida quruq, kam bulutli va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati 29-32o gacha ko‘tariladi. Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga nam havoning yangi qismi tarqala boshlaydi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

30 avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 31 avgustda kechasi va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘ladi.

31 avgustda kunduzi va 1 sentabrda O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 25-30o atrofida bo‘ladi.

29 avgustda shimolda, 30-31 avgust kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

 

Poytaxtimizda: 28 avgust va 29 avgust kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

30 avgustda, shuningdek kechasi va ertalab 31 avgustda qisqa mmuddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.

31 avgustda kunduzi va 1 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat 28 avgustda 24-26o, 29-31 avgust va 1 sentabrda 25-30o bo‘ladi.