28 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
28.08.2023
MUHIM HODISALAR
28-29 avgustda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
28 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28o bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat 24-26o bo‘ladi.
Tog’ oldi va Tog’li hududlarda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 13-18° bo‘ladi.