28 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI 27 avgust soat 20 dan 28 avgust soat 20 gacha
27.08.2023
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 27-28 avgust kunlari O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib keladi.
Respublika hududi bo‘yicha 27 avgustda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
27-28 avgust kunlari kunduzi havo harorati 23-28 darajagacha pasayadi.
27-28 avgustda O‘zbekiston bo’ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 27-29 avgust kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
28 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI 27 avgust soat 20 dan 28 avgust soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg’ir yog’adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-16°, kunduzi 24-26° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°,
kunduzi 23-28° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’OLDI VA TOG’LI HUDUDLARIDA
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 13-18° bo’ladi.