27 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI 25 avgust soat 20 dan 26 avgust soat 20 gacha
26.08.2023
MUHIM HODISALAR
Respublika hududi bo‘yicha 26-27 avgustda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
27-28 avgust kunlari kunduzi havo harorati 23-28 darajagacha pasayadi.
26 avgustda respublika shimolida va cho‘l hududlarda, 27-28 avgustda qolgan hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 27-29 avgust kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
27 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI 25 avgust soat 20 dan 26 avgust soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 19-21°, kunduzi 24-26° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-2°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 23-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 23-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 23-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’OLDI VA TOG’LI HUDUDLARIDA
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Republikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 13-18° bo’ladi.