26 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
26.08.2023
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 26-28 avgust kunlari O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib keladi.
Respublika hududi bo‘yicha 26-27 avgustda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
27-28 avgust kunlari kunduzi havo harorati 23-28 darajagacha pasayadi.
26 avgustda respublika shimolida va cho‘l hududlarda, 27-28 avgustda qolgan hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 27-29 avgust kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
26 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, 23-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to’zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 31-36o bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-36o bo‘ladi.
Tog’li hududlarda havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.