26 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI 25 avgust soat 20 dan 26 avgust soat 20 gacha
25.08.2023
MUHIM HODISALAR
Respublika hududi bo‘yicha 26-27 avgustda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 27-28 avgust kunlari kunduzi havo harorati 23-28 darajagacha pasayadi. 26 avgustda respublika shimolida va cho‘l hududlarda, 27-28 avgustda qolgan hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 27-29 avgust kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
26 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI 25 avgust soat 20 dan 26 avgust soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 34-36° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g’arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, kunking ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’OLDI VA TOG’LI HUDUDLARIDA
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 20-25° bo’ladi.