26-28 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
24.08.2023
26-28 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, 26 avgustda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 27-28 avgust yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib,
sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 26 avgusda 18-23°,
27-28 avgustda 12-17° gacha pasayadi, kunduzi 26 avgustda 25-30°; 27 avgustda 23-28°; 28 avgustda 24-29° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 26 avgustda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 27 avgustda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 28 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 26 avgustda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37°, 27-28 avgustda kechasi 13-18° gacha pasayadi, kunduzi 23-38° bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, 26 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27-28 avgustda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 26 avgustda kechasi 19-24°, kunduzi 31-36° 27-28 avgustda kechasi 13-18° gacha pasayadi, kunduzi 23-28° bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 27 avgustda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 26-27 avgustda 20-25°, 28 avgustda 15-20° bo’ladi, kunduzi 26 avgustda 33-38°, 27-28 avgustda 25-30° gacha pasayadi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, 26 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27-28 avgustda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 26-27 avgustda17-22°, 28 avgustda 15-20° bo’ladi, kunduz 26 avgustda 32-37°, 27-28 avgustda 22-27° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, 26 avgustda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 27-28 avgustda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 26-27 avgustda 13-18°,
28 avgustda 8-13° bo’ladi, kunduzi 26 avgustda 20-25°, 27-28 avgustda 13-18° bo’ladi.