O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 21-25 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 21-25 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

21.08.2023

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 21-25 AVGUST KUNLARIGA  OB-HAVO PROGNOZI

Ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha issiq

ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

21-25 avgust kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat bugun kunduzi respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida ba’zi joylarda va 22-24 avgust kunlari ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati asosan kechalari 18-23o, kunduzi 21 avgustda 34-39o, 22-23 avgustda 32-37o, 24-25 avgustda 34-39o bo‘ladi.

O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga 25 avgust kuni Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo massasi tarqala boshlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 30-35o gacha pasayadi.

21 avgustda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda: havo kam bulutli bo‘ladi. Kunduzgi harorat 25 avgustda 37-39o, 22-25 avgustda 34-37o  bo‘ladi. Harorat kechalari 19-22o atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtachagacha esadi.