O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 14-18 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
14.08.2023

Ushbu hafta davomida harorat foni me’yordan past bo‘ladi.
Sinoptiklar ogohlantirganidek, o‘tgan dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan salqin havo kirib keldi va havo harorati barcha joylarda 29-32o gacha, janubiy hududlarda 34-35o gacha pasaydi.
Bugun va ertaga respublika hududi bo‘yicha salqin ob-havo saqlanib turadi, harorat kechalari 13-16o, kunduz kunlari 27-32o, janubda 35o gacha bo‘ladi. Bu avgust oyi o‘rtasi uchun me’yoriy qiymatlardan 2-4o ga pastdir.
Hafta o‘rtasidan salqin havo massasi respublika hududidan asta-sekin chekina boshlaydi, havo harorati ko‘tariladi va hafta oxiriga kelib, kechalari 17-20o, kunduz kunlari 34-37o atrofida bo‘ladi.
Ushbu kunlarda hududning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida bugun kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
14-15 avgust kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi.
Poytaxtimizda: 14-18 avgust kunlari havo kam bulutli bo‘ladi. Bugun va ertaga harorat 29-32o bo‘ladi, so‘ng 34-37o gacha asta-sekin ko‘tariladi. Hafta boshida harorat kechasi va ertalab 13-16o, hafta oxiriga kelib 17-20o bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtachagacha esadi.