O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 11-13 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 11-13 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.08.2023

O‘zbekiston bo‘yicha 23-25 iyun kunlariga  ob-havo prognozi

Hafta oxirida harorat pasayishi kutilmoqda

Bugun O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan nisbatan salqin havo tarqala boshlaydi va harorat foni respublika bo‘yicha asta-sekin pasayadi. Bugun kunduzi hududning katta qismida havo harorati 33-36o atrofida bo‘ladi, hatto janubiy hududlarda ham 38-40o dan yuqori bo‘lmaydi.

Dam olish kunlari haroratning asta-sekin pasayishi davom etadi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat 30-32o dan, janubda 35o dan oshmaydi.

Ushbu kunlarda hududning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

12-13 avgust kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi chang-to‘zon bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligining kuchayishi ba’zida 20-22 m/s ga yetishi mumkin.

Keyingi haftaning o‘rtasida kunduzgi havo harorati 27-30o gacha yanada pasayadi. Ayniqsa kechasi va ertalab havoning salqinlashishi sezilarli bo‘ladi, bunda harorat 13-16o gacha pasayadi.

Poytaxtimizda: 11-13 avgust kunlari havo kam bulutli bo‘ladi. Bugun harorat kunduzi 34-36o, shanba kuni 32-34o, yakshanba kuni 30-32o bo‘ladi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol tezligi birozdan o‘rtachagacha esadi, kechalari 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.