7 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

7 AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

07.08.2023

MUHIM HODISALAR

7-9 avgustda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

AVGUST KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.  G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-32o bo‘ladi.

Tog’li hududlarda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.