Aviatsiyani meteorologik ta’minlash boshqarmasi xodimlarining xalqaro o‘quv kursida ishtiroki

Aviatsiyani meteorologik ta’minlash boshqarmasi xodimlarining xalqaro o‘quv kursida ishtiroki

04.08.2021

Aviatsiyani meteorologik ta’minlash  boshqarmasi xodimlarining xalqaro o‘quv kursida ishtiroki

2021 yil 19 iyundan 16 iyulgacha bo‘lgan davrda O‘zgidrometning  Aviatsiyani meteorologik ta’minlash boshqarmasining (AMTB) yosh xodimlari Xitoy meteorologiya boshqarmasi ko‘magida Pekindagi Jahon meteorologiya tashkilotining mintaqaviy o‘quv markazi (RTC, WMO-Beijing) tomonidan tashkil etilgan aviatsiyani meteorologik ta’minoti bo‘yicha Xalqaro ta’lim kursida masofaviy ishtirok etdilar.

Kurs ishtirokchilarga prognozlash malakasini oshirishga yordam berishga, shuningdek, aviatsiya meteorologik xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga va ayniqsa, aviatsiya uchun xavfli ob-havo hodisalari (SIGMET) bo‘yicha meteorologik ma’lumotlarni chiqarishga qaratildi.

Ushbu kurs masofadan turib ingliz tilida olib borildi. Ishtirok etish, olingan bilimlar  va sinov natijalariga ko‘ra, AMTB xodimlariga (RTC, WMO-Beijing) kursini muvaffaqiyatli yakunlagani to‘g‘risida sertifikatlar berildi.

Mazkur tadbirda ishtirok etish yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim qadam bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida fuqaro aviatsiyasini meteorologik ta’minoti sifatini oshirishga xizmat qiladi.