O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 21-23 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 21-23 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

21.07.2023

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 21-23 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi, harorat 35-38o, janubda 40-42o bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida havo quyoshli bo‘ladi, faqat Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati biroz ko‘tariladi. Kunduz kunlari harorat 37-40o atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 41-43o gacha bo‘ladi.

Keyingi hafta davomida O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi va havo harorati yana 1-2o ga ko‘tariladi.

Poytaxtimizda: 21-23 iyul kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat bugun 36-38o, shanba va yakshanba kunlari 38-40o bo‘ladi.