O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 17-21 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 17-21 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

17.07.2023

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 17-21 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘tgan dam olish kunlari harorat tartibi bo‘yicha yoz faslining o‘rtasi uchun nisbatan qulay bo‘ldi. Kunduzgi havo harorati 34-37o atrofida, hatto eng janubiy hududlar bo‘yicha ham 40o dan ko‘tarilmadi.

Joriy hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha haroratni nisbatan o‘zgarib turishi kutilmaydi. Haftaning boshi biroz issiq – kunduz kunlari 35-40o atrofida, janubda ba’zi joylarda 42-44o bo‘ladi. Hafta o‘rtasidan harorat foni 33-38o gacha biroz pasayishi kutilmoqda. Respublika janubida ham harorat 2-3o ga pasayadi.

Ushbu hafta davomida hududning katta qismi bo‘yicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respubikasi va Xorazm viloyatida 17 iyulda va 18 iyulga o‘tar kechasi, shuningdek 19-21 iyul kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

17-18 iyul kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 19-20 iyul kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Poytaxtimizda: havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 19-20 iyulda 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat asosan kunduz kunlari 37-40o, so‘ngra ish haftasining oxirigacha 36-38o bo‘ladi.