2023 yil iyul oyining birinchi yarmi

2023 yil iyul oyining birinchi yarmi

07.07.2023

Joriy yilning iyul oyi o‘rtacha issiq ob-havo bilan boshlandi. Kunduz kunlari havo harorati 37-39o gacha, janubda va cho‘l hududlarda 41-43o gacha ko‘tarildi.

Lekin 3-4 iyul kunlari Qozog‘iston hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi hisobiga issiq pasaya boshladi va haftaning katta qismida havo harorati 31-36o bo‘lgan qulay qiymatlarda saqlandi. Hatto eng chekka janubiy hududlarda ham kunduzgi harorat 39o dan yuqori bo‘lmadi.

6-7 iyul kunlari respublikaning bir qator tumanlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘di va momaqaldiroq kuzatildi.

9-10 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi va harorat ko‘tarila boshlaydi.

Issiq ob-havoning cho‘qqisi 11-13 iyul kunlariga to‘g‘ri keladi. Kunduzi havo harorati 39-42o gacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-45o gacha ko‘tariladi.

Biroq bu issiq davr uzoq bo‘lmaydi. 13 iyuldan respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga, 14 iyuldan barcha hududlarga, bu safar Kavkazdan salqinroq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat foni 3-5o ga pasayadi. Haroratning eng sezilarli pasayishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kuzatiladi, bu yerda havo harorati 5-7o ga pasayadi.

 

 

So‘ng iyul oyining oxirigacha haroratni qisqa muddatga ko‘tarilishi kuzatiladi, lekin sinoptiklar ushbu iyul oyida anomal issiq kutmayaptilar.

Shunday qilib, Toshkentda 1997 yil 18 iyul kuni havo haroratining mutlaq maksimumi kuzatildi, bunda harorat  44,6o ni tashkil etdi. Bu qiymatga yaqin harorat 1881 yil 6 iyulda (44,1o) va 1983 yil 30 iyulda (44,5o) qayd etilgan.