O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 7-9 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 7-9 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

07.07.2023

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 7-9 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha ushbu haftaning boshida respublika hududlarida kuzatilgan nasbatan salqin ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 31-36o atrofida, janubda 40o gacha bo‘ldi.

Kunning ikkinchi yarmida markaziy va sharqiy viloyatlar bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shanba va yakshanba kunlari respublika bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tarila boshlaydi, ammo hududlarning katta qismida iyul oyi uchun 33-38o bo‘lgan maqbul qiymatlar saqlanib turadi, faqat eng chekka janubda 39-41o atrofida bo‘ladi.

Ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Poytaxtimizda: bugun 7 iyul kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat 31-33o bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-37o bo‘ladi.