2023 YIL IYUN OYINING O‘ZIGA XOSLIGI

2023 YIL IYUN OYINING O‘ZIGA XOSLIGI

05.07.2023

2023 yil yoz oyining boshi hatto bizning O‘rta Osiyo iqlimimiz uchun ham juda issiq bo‘ldi. Issiq oyning boshidan boshlandi va deyarli ikkinchi o‘n kunlik oxirigacha davom etdi.

Bu davrda O‘zbekiston hududi bo‘yicha o‘rtacha havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 3-5o ga yuqori bo‘ldi.

Birinchi va ikkinchi o‘n kunliklarning eng issiq kunlarida havo 39-42o gacha, respublikaning eng chekka janubida 43-45o gacha isidi.

Iyun oyida bunday harorat qiymatlari kamdan kam uchraydigan holat deb hisoblanmaydi. Meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun iyun oyining mutlaq maksimal harorati 42-44o ni, cho‘l hududlarda va janubda 45-48o ni tashkil etadi.

Ammo O‘zbekistonda me’yorga nisbatan yuqori bo‘lgan harorat bilan kuzatilgan yoz oyining boshi deyarli kamdan-kam hollarda kuzatiladi.

Iyun oyining uchinchi o‘n kunligida O‘zbekiston hududida Kavkazdan salqin havoning bir qator kirib kelishi kuzatildi, bu esa harorat fonini pasaytirdi. Hududning katta qismida uchinchi o‘n kunlikning o‘rtacha harorati me’yordan 1-2o ga past, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘ldi.

Bu davrda kunduzgi havo harorati 33-38o gacha, o‘n kunlikning o‘rtalarida esa 28-30o gacha pasaydi. Hatto eng chekka janubiy hududlarda ham issiq 35-37o gacha pasaydi.

Umuman olganda, iyun me’yordan 2-3o yuqori, shimolda esa me’yor atrofida bo‘ldi.

Joriy yilning iyun oyida Toshkentda eng yuqori harorat
40,5o ni tashkil etdi, maksimal harorat ikki marotaba 40o dan oshdi.

карта

 

Toshkentda barcha kuzatuv yillari uchun iyun oyidagi eng yuqori harorat (mutlaq maksimal harorat) 43,0o ni tashkil etdi

Bu yilgacha eng issiq iyun oylari qatorida birinchi o‘rinni 2021 yil iyun oyi egallab kelgan, ushbu yilda Toshkentda maksimal harorat 42,6o ga ko‘tarilgan edi.

Uzoq muddatli issiq ob-havo hisobiga, Toshkentda 2023 yil iyun oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq iyun oyi bo‘ldi, u 2021 yil iyun oyidan o‘tib ketdi. 2023 yil iyun oyidagi o‘rtacha harorat 2021 yil iyun oyiga nisbatan 0,4o ga yuqori bo‘ldi.

O‘zbekiston hududining katta qismida 2023 yil iyun oyi eng issiq iyun oylari reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

 

2023 yil iyun oyining yana bir xususiyati shundaki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida nisbatan issiq bo‘lmadi. Ayniqsa so‘nggi yillarda bu hududda yoz oylar juda issiq bo‘lgan edi.

Biroq, bu yil respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Rossiya hududlaridan nisbatan salqin havo bir necha bor kirib keldi va harorat foni maqbul atrofida saqlanib turdi, faqat ayrim kunlarda, ba’zi joylarda 40-41o (1-3 kun) gacha ko‘tarildi.

карта

2023 yil iyun oyi respublika hududining katta qismida g‘ayrioddiy harorat tartibidan tashqari ekstremal quruqlik bilan ajralib turdi. Oy davomida yog‘ingarchilik miqdori iyun oyi oylik me’yoridan 0-30% dan ko‘p bo‘lmadi.