O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 3-7 IYuL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
03.07.2023
O‘zbekiston bo‘yicha iyul oyining birinchi kunlari o‘rtacha issiq bo‘ldi. Hududning katta qismida havo harorati kunduz kunlari 37-39o ga yetdi, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 40-43o gacha bo‘ldi.
Yakshanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga Qozig‘iston hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib keldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati 31-32o gacha pasaydi.
Bugun salqin havo respublikaning barcha hududlariga tarqala boshladi. Kunduzi havo harorati 33-36o gacha, janubda 40o gacha pasayadi. Me’yoriy qimatlarga yaqin bo‘lgan bunday harorat foni ish haftasining oxirigacha saqlanib turadi.
3-7 iyul kunlari ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda, shuningdek, 4 iyulda kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda,
3-4 iyul kunlari eng chekka janubda 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan 34-36o bo‘ladi.