2 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

2 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

02.07.2023

2 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining cho‘l xududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 20-22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 35-40o, janubda ba’zi joylarda 42-431o gacha bo‘ladi.

Toshkentda Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 38-40° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo‘ladi.