1 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

1 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

01.07.2023

1 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 20-22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 35-40o, janubda ba’zi joylarda 40-41o gacha bo‘ladi.

Toshkentda Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.