30 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
30.06.2023
30 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 20-22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 33-38o, janubda ba’zi joylarda 40-41o bo‘ladi.
Toshkentda Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-36° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.