O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 25 IYuN-2 IYuL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
26.06.2023
O‘zbekiston aholisi bayramni qulay ob-havo sharoitida kutib oladilar
Bu yil "Chilla" davri salqin ob-havo bilan boshlandi.
25 iyun kuni Kavkaz hududlaridan salqin havoning yana bir qismi kirib kelishi hisobiga havo harorati 29-32o gacha, ba’zi joylarda esa undan ham pastroq bo‘ladi. Kechasi va ertalab salqin havo yaxshi sezilmoqda, hududlarning katta qismida harorat kechasi 15-18o ga pasaydi. Faqat Surxondaryo viloyatida kunduzgi harorat 40-42o bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turdi. Respublikaning bir qator tumanlarida biroz yomg‘ir yog‘di.
Bugun respublika bo‘yicha harorat 30-33o, janubda 39-41o bo‘lgan salqin ob-havo saqlanib turadi.
27 iyun-30 iyun kunlari havo harorati biroz ko‘tariladi va 34-37o, janubda 39-41o gacha atrofida bo‘ladi.
Faqat shanba va yakshanba kunlari 1-2 iyulda O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi va kunduzgi harorat yana 38-40o gacha, janubda ba’zi joylarda 42o gacha ko‘tariladi.
Ushbu haftaning oxirigacha respublika bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi hududlari bilan chegaradosh tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 26-28 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
26 iyunda shimolda, 27-29 iyunda respublikada ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtachagacha esadi. Harorat bugun kunduzi 32-34o, 27 iyun-30 iyunda 34-37o, 1-2 iyulda 37-40o bo‘ladi.