Aviatsiyani meterologik ta’minoti bo‘yicha Sertifikatlar qabul qilindi

Aviatsiyani meterologik ta’minoti bo‘yicha Sertifikatlar qabul qilindi

02.08.2021

Aviatsiyani meterologik ta’minoti bo‘yicha  Sertifikatlar qabul qilindi

2021 yil 31 mart va 31 may kunlari Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi (MAK) tomonidan mavzularga tegishli veb-seminarlar tashkil etildi. MDH mamlakatlari fuqaro aviatsiyasini meteorologik ta’minlash bo‘yicha mutaxassislari qatori O‘zgidromet xodimlari ham ishtirok etdilar.

Vebinarlar fuqaro aviatsiyasini meteorologik ta’minlash sifatini oshirishga hissa qo‘shadigan dolzarb masalalarga bag‘ishlangan va Chikago fuqaro aviatsiyasi konvensiyasi bo‘yicha mamalakatlarning majburiyatlarini bajarish bo‘yicha sai-harakatlarini birlashtirishdan iborat bo‘lgan.

Seminarlar natijalariga ko‘ra tashkilotchilar tomonidan tegshli sertifikatlar tayyorlandi.

Bunday tadbirlar nafaqat aviatsiya bo‘linmalari xodimlarining salohiyati va bilim darajasini oshirishga, balki fikr va tajriba almashishga ham yordam beradi, shuningdek, sai-harakatlarni muvofiqlashtirish va turli mamlakatlardan kelgan mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.