24 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
24.06.2023
24 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38°, janubda 42-44o gacha bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-36o bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.