O‘zbekiston bo‘yicha 23-25 iyun kunlariga ob-havo prognozi

O‘zbekiston bo‘yicha 23-25 iyun kunlariga ob-havo prognozi

23.06.2023

O‘zbekiston bo‘yicha 23-25 iyun kunlariga ob-havo prognozi

Ushbu haftaning boshida, sinoptiklar va’da qilganidek, O‘zbekiston bo‘yicha issiq biroz pasaydi. Harorat 33-38o gacha pasaydi. Faqat respublikaning eng janubiy hududlari juda issiq havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi. Surxondaryo viloyatida havo 40-44o gacha isidi.

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha asosan kam bulutli va o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 33-38o, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda 42-44o atrofida bo‘ladi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin va nam havoning yana bir qismi kirib keladi. Respublika bo‘yicha bulutlilik kuchayadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat yana 2-4o ga, yoz fasli uchun qulay bo‘lgan 31-34o gacha, janubda ba’zi joylarda 38-40o pasayadi. Salqin havo kechasi va ertalab seziladi, kechasi harorat 15-18o gacha pasayadi.

Bugun janubda va cho‘l hududlarda, 24-25 iyun kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 24-25 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, shanba kuni kechga tomon va yakshanba kuni shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-24 iyunda 34-36o, 25 iyunda 31-33o bo‘ladi.