2023 yil 22 iyun kuni atmosfera havosi ifloslanishi
22.06.2023
Joriy yilning 22 iyun kuni Termiz shahrida ob-havo sharoitlari tufayli chang-g‘ubor hodisasi kuzatilmoqda. Havoning ifloslanishini avtomatik monitoring qilish stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra:
- soat 09:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 7192 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 14 baravar oshib ketdi. Shamol tezligi 5-7 m/s. Ko‘rinish 500 metr.
- soat 10:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 6241 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 12 barobar oshib ketdi. Shamol tezligi 7-9 m/s. Ko‘rish 700 metr.
- soat 11:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 5739 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 11 barobar oshib ketdi. Shamol tezligi 7-9 m/s. Ko‘rish 700 metr.
- Soat 12:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 4 542 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 9 marta oshib ketdi. Shamol tezligi 5-9 m/s. Ko‘rish 1000 metr.
Ochiq havoda bo‘lmaslik, binolarni tark etmaslik, derazalarni yopish tavsiya etiladi.
Ochiq havoda bo‘lganda niqob va ko‘zoynak taqish tavsiya etiladi.