Avgust oyining birinchi haftasida o‘rtacha issiq havo bo‘lishi kutilmoqda
02.08.2021
Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat eng chekka sharqiy hududlarda bulutlilikning konvektiv rivojlanishi kuzatiladi, buning hisobiga Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida, shuningdek respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli mahalliy yomg‘ir yog‘adi. Peshinga kelib, termometr ko‘rsatkichi 36-39° gacha ko‘tariladi, bu avgust oyi boshidagi me’yordan 3-4° ga yuqori bo‘ladi.
Ertaga va ish haftasining oxirigacha tekislik hududlarda havoning o‘rtacha issiq bo‘lishi davom etadi, havo harorati asta-sekin ko‘tariladi, ammo ushbu kunlardagi anomal harorat iyul oyining eng issiq davridagidek ahamiyatli emas. Kechalari asta-sekin uzayadi, kunlar esa qisqarishni boshlaydi.
Ushbu haftaning katta qismi davomida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida konvektiv bulutlarning rivojlanishi kuzatiladi, buning natijasida mahalliy yomg‘ir va momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Respublika bo‘yicha 2-4 avgustda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
2-5 avgustda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi saqlanib turadi.