20-22 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
18.06.2023
20-22 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-23°, kunduzi 30-35° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 33-38°, 21-22 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 33-38°, 21-22 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda, 20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20 iyunda kechasi 24-29°, kunduzi 36-41°, 21-22 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 36-41° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda, 20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 35-40°, 21-22 iyunda kechasi 19-24°, kunduzi 33-38° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 20-21 iyunda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, 20 iyunda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. 22 iyun yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 24-29° bo’ladi.