19 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI 18 iyun soat 20 dan 19 iyun soat 20 gacha
18.06.2023
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 18-19 iyun kunlari O‘zbekiston hududlari bo‘ylab havo harorati 40-41 darajagacha, janubda 42-45 darajagacha ko‘tariladi.
19 iyun kunlari shimoliy hududlarga, 20 iyunda respublikaning barcha hududlariga Kavkazdan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.
18 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 19-20 iyunda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha shamol tezligi ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
18-20 iyunda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 19-20 iyunda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
19 iyunda shimoliy hududlar, 20 iyunda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati 4-6 darajaga pasayadi.
18-21 июнда respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
19 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI 18 iyun soat 20 dan 19 iyun soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-25°, kunduzi 38-40° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esad, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esad, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esad, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esad, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi
24-29°, kunduzi 38-43°, Surxondaryo viloyatida 45° gacha bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.