18 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
18.06.2023
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 18-19 iyun kunlari O‘zbekiston hududlari bo‘ylab havo harorati 40-41 darajagacha, janubda 42-45 darajagacha ko‘tariladi.
19 iyun kunlari shimoliy hududlarga, 20 iyunda respublikaning barcha hududlariga Kavkazdan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.
18 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 19-20 iyunda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha shamol tezligi ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida
22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
18-20 iyunda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 19-20 iyunda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
19 iyunda shimoliy hududlar, 20 iyunda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati 4-6 darajaga pasayadi.
18-21 июнда respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
18 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqolpog’iston respublikasida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esad, shimolda va cho‘l hududlarining, ba’zi joylarda
15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-41°, janubda va cho‘l hududlarda 42-45o gacha bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40o bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-32° bo‘ladi.