19-21 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

19-21 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

17.06.2023

19-21 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 19 iyun kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 19 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37°; 20-21 iyunda kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 19 iyunda kechasi 24-29°, kunduzi 36-41°; 20 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 33-38°, 21 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 19 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 36-41°; 20 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 33-38°, 21 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda, 19-20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 19 iyunda kechasi 24-29°, kunduzi 38-43°, Surxondaryo viloyatida 43° gacha; 20 iyunda kechasi 24-29°, kunduzi 36-41°, 21 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda, 20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19-20 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 35-41°, 21 iyunda kechasi 19-24°, kunduzi 33-38° bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 19-20 iyunda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. 21 iyun yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 19 iyunda 27-32°, 20-21 iyunda 24-29° bo’ladi.