18 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI 17 iyun soat 20 dan 18 iyun soat 20 gacha

18 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI 17 iyun soat 20 dan 18 iyun soat 20 gacha

17.06.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 17-19 iyun kunlari O‘zbekiston hududlari bo‘ylab havo harorati 40-41 darajagacha, janubda 42-45 darajagacha ko‘tariladi.
19 iyun kunlari shimoliy hududlarga, 20 iyunda respublikaning barcha hududlariga Kavkazdan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.
18 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 19-20 iyunda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha shamol tezligi ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
18-20 iyunda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 19-20 iyunda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
19 iyunda shimoliy hududlar, 20 iyunda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati 4-6 darajaga pasayadi.
18-21 июнда respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

18 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI 17 iyun soat 20 dan 18 iyun soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 23-25
°, kunduzi 38-40° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esad, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechas20-25°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esad, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 38-43°, cho’l hududlarida 45° gacha bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 38-43°,
Surxondaryo viloyatida 45° gacha bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.