2023 YIL YOZINING ODATDAN TASHQARI ISSIQ BILAN BOSHLANISHI

2023 YIL YOZINING ODATDAN TASHQARI ISSIQ BILAN BOSHLANISHI

16.06.2023

Hatto bizning O‘rta Osiyo iqlimimiz uchun ham 2023 yil yozining boshi juda issiq bilan boshlandi.

O‘zbekiston hududida birinchi o‘n yillikning o‘rtacha harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4o ga yuqori bo‘lgan.

Havo haroratining eng yuqori qiymatlari o‘n kunlikning o‘rtalarida kuzatildi. Shu kunlarda kunduzi havo 38-40o gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 42o gacha isidi.

Birinchi o‘n kunlikning oxiriga kelib, nisbatan salqin havo oqimi respublika hududi bo‘yicha harorat fonini biroz pasaytirdi. Haroratning eng sezilarli pasayishi O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida kuzatildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati 7-10o ga pasaydi. Respublikaning qolgan hududlarida haroratning pasayishi uncha ifodalanmadi, ammo baribir haroratni 4-6o ga pasayishi sezildi.

Ammo, shunga qaramay, harorat foni hali xam me’yordan yuqori bo‘lib qolmoqda.

градус

Biroq, shu haftaning boshidan harorat yana ko‘tarila boshladi. Hafta oxiriga kelib, harorat yana 37-40o gacha, janubda va cho‘l hududida 41-42o gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Iyun oyida bunday harorat qiymatlari o‘z-o‘zidan istisno emas. Ammo, yozning boshida havo harorati me’yordan sezilarli darajada bunday uzoq davr ko‘tarilishi O‘zbekistonda har yili kuzatilmaydi.

So‘nggi marta bunday issiq ob-havo 2021 yil iyun oyining birinchi
va ikkinchi o‘n yilliklarida kuzatilgan. 2021 yil iyun oyi barcha kuzatuv yillari uchun eng issiq bo‘ldi. Iyun oyida maksimal harorat 42-44o ga, respublikaning shimolida, janubida va cho‘l hududlarida 45-46o ga yetdi.

Shunday qilib, harorat qiymatlariga ko‘ra, ushbu yilning iyun oyi
2021 yilning eng issiq iyuniga "yeta olmadi".