OB-HAVO MA’LUMOTI

OB-HAVO MA’LUMOTI

12.06.2023

O‘zbekistonda 2023 yil 12 13-iyun kunlari uchun

OB-HAVO MA’LUMOTI
          2023 yilning 12-13 iyun kunlari respublikaning aksariyat qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat Farg‘ona vodiysi va respublikaning tog‘li hududlarida kunduzi konvektiv bulutlilik kuzatiladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

          Havo harorati kunduzi 36-39 daraja, 12 iyunda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 13 iyunda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Buxoro, Navoiy viloyatlarining cho‘l zonasida 40-41 darajagacha issiq bo‘ladi.

          14 iyundan joriy haftaning oxirigacha havo harorati 37-40 darajaga ko‘tarilib, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida hamda Buxoro, Navoiy viloyatlarining cho‘l zonasida ayrim joylarda 41-42 darajagacha issiq bo‘lishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bo‘lishi kutilmoqda.

          Respublika bo‘ylab shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.