2 АVGUST KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI

2 АVGUST KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI

02.08.2021

MUHIM HODISАLАR
2-5 avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomgʼirlar sababli, respublikaning togʼ oldi va togʼli hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

2 АVGUST KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli boʼladi, yogʼingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlarining ba’zi joylarida kunning ikkinchi yarimida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momoqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s kuchayishi mumkin. Harorat 35-40° boʼladi.

Toshkentda havo biroz bulutli boʼladi, vaqti-vaqti bilan oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38
° boʼladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo biroz bulutli boʼladi, baʼzi joylarda oʼzgarib turadi, respublikaning togʼ oldi va togʼli hududlarning baʼzi joylarda qisqa muddati yomgʼir yogʼishi momaqaldiroq boʼlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.Harorat 25-30° boʼladi.