O‘zbekiston bo‘yicha 12-16 iyun kunlariga ob-havo prognozi
12.06.2023
O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi.
Dam olish kunlari haroratning biroz pasayganidan so‘ng, ushbu haftada harorat yana asta-sekin ko‘tarla boshlaydi.
Haftaning ikkinchi yarmida kunduzi havo 37-40o gacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 41-42o gacha isiydi. Bu iyun oyining o‘rtasi uchun ekstremal qiymatlar emas, ammo bu davrning iqlimiy qiymatlaridan yuqoridir.
Respublika hududi bo‘yicha ushbu hafta davomida ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 12-13 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
12-13 iyun kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda ushbu haftada havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyunda 10 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan kechasi 23-25o, kunduzi 37-39o bo‘ladi.