8-10 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

8-10 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

06.06.2023

8-10 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, 8 iyunda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 9-10 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 iyunda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 8 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37°; 9-10 iyunda kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 iyunda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 8 iyunda 37-42°, 9-10 iyunda 35-40° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-10 iyunda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 37-42° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 34-39° bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo’ladi.