O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 5-9 IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 5-9 IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

05.06.2023

ISSIQ OB-HAVO SAQLANIB TURADI

 

Hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

5-9 iyun kunlari respublikaning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Haroratning asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Ish haftasining oxiriga kelib, kunduzi havo 37-40o gacha, 5-6 iyunda respublikaning shimolida, 6-8 iyunda janubda va cho‘l hududlarda 41-42o gacha isiydi..

Bunday harorat iyun oyining birinchi o‘n kunligi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 4-6o ga yuqoridir. Ammo ushbu davrda bundan ham yuqori harorat qiymatlari kuzatilgan. Shunday qilib, 2021 yil iyun oyining birinchi o‘n kunligida markaziy hududlar bo‘yicha havo harorati 41-43o gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda esa 44-46o gacha ko‘tarilgan.

Respublikaning tog‘li hududlarida ushbu haftada asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Farg‘ona vodiysi bilan chegaradosh ayrim tog‘li hududlarda bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublikaning shimolida, janubida va cho‘l hududlarida 7-8 iyunda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Poytaxtimizda 5-9 iyun kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtachagacha esadi. Harorat hafta boshida 35-37o bo‘ladi, hafta oxiriga kelib, 38-40o gacha
asta-sekin ko‘tariladi.