3 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

3 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

03.06.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 5-8 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi. Buning hisobiga maksimal havo harorati, jumladan:

5-6 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida 40-41 darajagacha;

6-8 iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 40-42 darajagacha;

5-8 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 38-40 darajagacha;

7-8 iyunda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 36-39 darajagacha ko‘tariladi.

7-8 iyun kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

3 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-39° bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-37o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.