"Iqlim - bolalar nigohida"

"Iqlim - bolalar nigohida"

01.06.2023

"Iqlim - bolalar nigohida"

O‘zgidrometda 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan "Iqlim - bolalar nigohida" mavzusida O‘zgidromet xodimlari farzandlari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Bayram tadbirida bolalar uchun ertak qahramonlari ishtirokida o‘yinlar, O‘zgidromet  tarixi muzeyiga sayohat, asfaltga rasm chizish musobaqalari o‘tkazildi. Jajji qizaloqlar ishtirokida raqslarga boy tarzda o‘tgan bayram kechasi bolajonlarga bir olam quvonch ulashdi. Shuningdek, bayramga kelgan barcha bolalar boshqarmaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

«Bolalarni himoya qilish kuni» bayramining maqsadi farzandlarimizga ob-havo, iqlim tushunchalarini o‘rgatish, hamda bolalarning yuzida tabassumni ko‘rish, ularning baxti-iqboli, ularning huquqlarini himoya qilishga, baxtli bolalikka ega bo‘lishlariga va o‘z mamlakatining to‘la-to‘kis fuqarosi bo‘lib o‘sishlariga qaratishdir.

 

Farzandlarimiz - hayotimiz mazmuni, kelajagimiz

O’zgidromet Axborot xizmati barcha bolalarni bayram bilan tabriklaydi!

Hayotingiz rang-barang bo’lsin, sog'ligingiz mustahkam, har kuningiz sizga yangi bilim va yangiliklar olib kelsin, bolalik davringiz quvnoq o’tsin.

Sizni sevamiz! Siz bizning kelajagimiz! Doimo quvnab yuring!