O‘zbekiston bo‘yicha 29 may-2 iyun kunlariga ob-havo prognozi
29.05.2023
YOZ FASLI ASTA-SEKIN KIRIB KELMOQDA
Bugun va ish haftasi davomida O‘zbekistonning tekislik hududlari bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi.
Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida 29-31 may kunlari kovektiv bulutlilik rivojlanishida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Harorat kechalari 15-20o atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari ish haftasining boshida harorat 32-37o dan oxiriga kelib esa 35-37o gacha asta-sekin ko‘tariladi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi, sharqiy yo‘nalishdagi shamol biroz esishi kutilmoqda. Havo harorati bugun kunduzi 32-34o bo‘ladi, hafta oxiriga kelib, 36-37o gacha ko‘tariladi.