O‘zbekiston bo‘yicha 26-28 may kunlariga ob-havo prognozi

O‘zbekiston bo‘yicha 26-28 may kunlariga ob-havo prognozi

26.05.2023

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bugun va ertaga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol biroz 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin,

Bugun kunduz kuni havo harorati 28-33o, shimolda va cho‘l hududlarda 35o gacha, janubda 37o gacha atrofida bo‘ladi. Dam olish kunlari havo harorati sekin ko‘tariladi va 32-35o ni, shimolda va cho‘l hududlarda  35-37o ni tashkil etadi. Bunday harorat foni may oyi oxiri uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlarga yaqindir.

Poytaxtimizda 26-28 may kunlari havo ochiq bo‘ladi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtachagacha esadi. Havo harorati kechalari 16-18o , kunduz kunlari 30-33o bo‘ladi.