24 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24.05.2023

MUHIM HODISALAR

24-26 may kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida va Qirg‘iziston, Tojikiston respublikalari bilan chegaradosh hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

24 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda    havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunntng ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat
25-30° bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi,  vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-29o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-19° bo‘ladi.