23 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

23 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

23.05.2023

23 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo’yicha ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 27-32° bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-30o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-19° bo‘ladi.