O‘zbekiston bo‘yicha 22-26 may kunlariga ob-havo prognozi

O‘zbekiston bo‘yicha 22-26 may kunlariga ob-havo prognozi

22.05.2023

O‘zbekiston bo‘yicha 22-26-may kunlariga ob-havo prognozi

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha quruq va yoz kabi iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 32-35o ni, janubda va cho‘l hududlarda 36-38o gachani tashkil etadi.

Keyinchalik ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat 23-34 may kunlari respublikamizning sharqiy hududlarining eng chekka qismida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Qozog‘iston hududi ustidagi joylashgan antisiklonning ta’siri hafta o‘rtalarida harorat fonini biroz pasaytiradi. Kunduzgi havo harorati 25-30o atrofida bo‘ladi. Ish haftasining oxiriga kelib, harorat yana 31-33 gacha ko‘tariladi.

23-24 may kunlari respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida hafta davomida mahalliy momaqaldiroqli yomg‘irlar bilan kuchsiz berqarorlik bo‘lishi kuzatiladi.

 

Poytaxtimizda bugun va haftaning oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 23-24 may kunlari shamol tezligi 12-14 m/s gcha kuchayishi mumkin. Bugun kunduzi havo harorati 31-33o bo‘ladi, qolgan kunlarda esa harorat asosan 26-30o atrofida bo‘ladi.