23-25 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

23-25 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

21.05.2023

23-25 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23 mayda 17-22°, 24-25 mayda 15-20°, kunduzi 30-35° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 25-30° bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23 mayda 19-24°, 24-25 mayda 17-22°, kunduzi 30-35° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 23 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 24-25 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 24-25 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 25-30° gacha ko’tariladi.

RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 23 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 24-25 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 14-19° bo’ladi.