20 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

20 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

20.05.2023

MUHIM HODISALAR

20 mayda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

20 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-30° bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘r yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 17-22° bo‘ladi.