20 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 19 may soat 20 dan 20 may soat 20 gacha

20 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 19 may soat 20 dan 20 may soat 20 gacha

19.05.2023

MUHIM HODISALAR

19-20 mayda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

20 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

19 may soat 20 dan 20 may soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 27-29° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.

TOSHKENT VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 12-17° bo‘ladi.